Alisher Usmonovning rafiqasiga Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ordeni topshirildi
20.07.2015 2568
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax Rossiya termasi bosh murabbiyi, Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonovaga XOQ kumush ordenini topshirdi. Tantanali marosim Rossiya olimpiya qo‘mitasida bo‘lib o‘tdi. Orden Usmonovaga jahon sport harakatidagi mislsiz xizmatlari va olimpiada oliy maqsadlariga sodiqligining e’tirofi sifatida berildi.
Manba: vesti.ru