У нас есть только
оригинальные песни

AQSh butun flotini lazer quroli bilan qurollantirmoqchi

calendar 06.05.2018
990

AQSh flotida Phalanx MK-15 zenit artilleriya majmuasi o'rnini Helios lazer quroli egallaydi.

Daily Star nashri ma`lumotlariga ko'ra, superkuchli qurol AQSh harbiy-dengiz kuchlarining barcha jangovar kemalarida o'rnatiladi va ko'plab xavflardan, jumladan dronlardan himoyalay oladi.  

“Gap uchuvchisiz parvoz qurilmalari, kichik kemalar va yaqin masofaga mo'ljallangan ba`zi qurollardan himoyalashga zarur kuch va nur strukturasiga ega lazer haqida ketmoqda”, deb ma`lum qilgan nashr manbasi.

Bundan tashqari, lazerlar harbiy-dengiz kuchlariga kemalarda ba`zi noqulayliklarga sabab bo'luvchi o'q dori saqlash zaruratidan voz kechishga imkon beradi.    

Biroq mutaxassislarning ta`kidlashicha, lazer quroli uchun hali unga mos elektr ta`minoti yaratish lozim.

Яндекс.Метрика