Amerikadagi maktablardan birining 5- sinf o'quvchisi o'zining sakkiz yoshli qo'shnisini o'rtasida kuchuk bolasi sababli janjal kelib chiqqani sababli otasining quroli bilan otib tashladi, deya xabar bermoqda WBIR telekanali.
Uayt Payn okrugi fuqarolari o'q ovozini eshitganlaridan so'ng politsiyaga qo'ng'iroq qilishgan. Hodisa joyiga etib kelgan politsiya xodimlari esa bu erda ko'krak sohasidan o'q egan qizni topishdi. Qizaloq kasalxonaga etkazilganda, shifokorlar uning joni uzilganini ma'lum qilishdi.
Politsiya sherifi Bad MakKuag (Bud McCoig)ning xabar berishicha, 12 yoshli bola 12 kalibrli qurol bilan qizni otib o'ldirgan. U bolaning nima sababdan bu ishga qo'l urgani haqida ma'lumot bermagan bo'lsa-da, qo'shnilar bolalarning kuchuk bolasi sababli janjallashib qolganini aytishdi.
Bola voyaga etmaganlar bo'yicha birinchi darajali og'ir jinoyatni sodir etganlikda ayblanib hibsga olindi. Ayni paytda uning biror ruhiy xastalik bilan og'rimagani aniqlashtirilmoqda