Birlashgan Arab Amirliklari harbiy-havo kuchlariga qarashli harbiy samolyot o'quv parvozi paytida halokatga uchradi. Bu haqda Gulf News axborot agentligi xabar bergan.
Xabar qilinishicha, samolyot qulashi oqibatida bortda bo'lgan uchuvchi va instruktor halok bo'lgan.
Hukumat halokatning sabablarini aniqlashtirishga kirishgan. Samolyot rusumi ma'lum qilinmagan.