Jahonga mashhur AQShlik yozuvchi Stiven King AQSh San'atlar milliy medali bilan taqdirlandi. Ushbu medalni yozuvchiga Oq uyda AQSh prezidenti Barak Obama topshirdi.
Vashingtonda Kingdan tashqari, yana 17 laureat, jumladan aktrisa Salli Fild va yana uch tashkilot ushbu medal bilan taqdirlandi.
King "zamonamizning eng ommabop va sermahsul yozuvchilaridan biri” sifatida va "voqeani qiziq hikoya qilish bilan inson tabiatini analiz qilish qorishmasi” hamda "o'nlab yillar davomida odamlarni hayajonlantirib kelgan kitoblari” uchun ushbu medalga loyiq deb topildi.
Salli Fild esa "o'z ishlari orqali ifoda etilgan qadr-qimmat, qayg'urish va qo'rqmaslik” va "ushbu qadriyatlarni ayollar va millatni sog'lomlashtirish yo'lida targ'ib qilishdagi hissasi” uchun ushbu medalga loyiq deb topildi.
Shuningdek, ushbu medal bilan rassom Jon Baldessari, aktrisa va rejissyor Miriam Kolin va xonanda Meredit Monk ham taqdirlandi.