Kataloniyaning «Barselona» klubi rahbariyati yarim himoyachi Serxi Robertoga umrbod shartnoma taklif etish niyatida. Bu haqda «Sovetskiy sport» As’ga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta`kidlanishicha, tomonlar hozircha kelishuvga erishmagan, biroq shartnoma yaqin kunlar ichida imzolanishi mumkin.
25 yoshli Serxi Roberto «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U birinchi jamoa safida 2010 yildan beri to'p surib keladi.