«Barselona» «Ayaks»dan darvozabon Yasper Sillessenni sotib olganini rasman ma`lum qildi.
Kataloniyaliklar klubi 27 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzgan.
Transfer qiymati 13 million Yevroni tashkil qilgan, yana 2 million Yevro bonuslar sifatida berilishi mumkin.
O'zaro kelishuvga ko'ra «Barselona» Sillessenning tovon pulini 60 million Yevro etib belgilab qo'ygan.