Belarus davlat chegara qo'mitasi Belarus-Ukraina chegarasini qo'riqlashni kuchaytirish bo'yicha choralar ko'rmoqda. Buning uchun yangi chegara zastavalari yaratilmoqda va chegara zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlanmoqda, deb aytdi Belarus televideniesiga davlat chegara qo'mitasi raisi Leonid Maltsev.
Maltsevning aytishicha, chegaraning "eng
zamonaviy texnik vositalar” qo'llagan holda muhandislik jihozlanishi
amalga oshirilmoqda. Maltsev, shuningdek, har bir zastavada ikki turdagi
uchuvchisiz parvoz qurilmalari joriy qilinayotganini ma'lum qildi.
Maltsevning
aytishicha, chegaraning ukrain qismida "zastavalar nazorat qilish
tamoyilidan javob berish tamoyiliga” o'tildi. Maltsev, shuningdek,
Ukrainadan muhojirlar oqimi qattiq nazorat qilinayotganini qo'shimcha
qilib o'tdi.
Manba: kun.uz