Belarusda prezidentlik saylovlari boshlandi
11.10.2015 972
Belarusdagi saylov uchastkalarida prezidentlik saylovi boshlandi, deb ma'lum qilmoqda RIA «Novosti».
Prezidentlik
saylovlarida to'rt nomzod qatnashmoqda. Ular mamlakatning hozirgi
prezidenti Aleksandr Lukashenko, Liberal-demokratik partiyasi rahbari
Sergey Gaydukevich, Belarus vatanparvarlik partiyasi vakili Nikolay
Ulaxovich va "Haqiqatni so'zla” kampaniyasidan nomzod Tatyana
Korotkevichlardir.
8 oktyabrdagi ma'lumotlarga ko'ra, saylovchilarning 11 foizi muddatdan oldin ovoz berib bo'lishgan.