У нас есть только
оригинальные песни

Benzema Ronalduning rekordini yangiladi

calendar 02.09.2018
947

«Real» hujumchisi Karim Benzema sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi.

Fransiyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 3-turida «Leganes» darvozasini ishg'ol qildi, bu esa Benzema Ispaniya primerasida 33-jamoaga gol urishi bo'ldi. U shu vaqtgacha Ispaniyada turli mavsumlarda 33 jamoaga qarshi maydonga tushgan va faqat «Leganes» darvozasini ishg'ol qila olmagandi.

Shu yozda «Yuventus»ga yo'l olgan Krishtianu Ronaldu Ispaniya primerasidagi ishtiroki davomida 32 jamoa darvozasiga gol urgandi.

«Real»ning sobiq futbolchisi Ugo Sanches hisobida ham yuqori ligada 33 jamoa darvozasiga urilgan gollar bor.

Ayni vaqtda Ispaniyada eng ko'p jamoaga gol urgan futbolchi «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hisoblanadi, u 36 jamoaga gol urgan. Ikkinchi o'rinni 35tadan jamoaga gol urgan Arits Aduris va Raul bo'lishib turibdi. Uchinchi o'rinni Xulio Salinas (34) egallagan. Keyingi o'rinlarda Benzema, Ugo Sanches va Raul Tamudo (33tadan) joylashgan.

 

Яндекс.Метрика