FIFA prezidenti Yozef Blatter JCh-2018 mezbonligi ovoz berish tizimini qalbakilashtiruvchilar va tashkilot rahbarlari o'rtasidagi sirli savdolar evaziga Rossiyaga olib berganini ma'lum qildi.
The Financial Times nashrining xabar berishicha, qarorga rozilik yozma ko'rinishida berilmagan.
FIFA oldida musobaqa mezbonligi uchun ikkita davlatdan birini tanlash kerak bo'lgan: AQSh yoki Rossiya. «FIFA ijroqo'mi barcha a'zolari qaroriga ko'ra bu aniqlanganmi? Bularning barchasi sahna ortida hal bo'lgandi, hech qanday majlisda emas», — deya Blatterdan iqtibos keltiradi The Financial Times.
Eslatib o'tamiz, FIFA ahloq qo'mitasi 8 oktyabr kuni Blatter va UЕFA prezidenti Mishel Platinini 90 kunga futboldagi faoliyatdan chetlashtirgandi.