У нас есть только
оригинальные песни

Butunjahon Olimpiya telekanali 2017-yildan ishga tushirilishi aytildi

calendar 30.04.2016
994

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi loyihasi bo‘lgan Butunjahon Olimpiya telekanali 2017-yilda ishga tushiriladi. Bu haqda qo‘mita a’zosi, Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Aleksandr Jukov “TASS”ga ma’lum qildi.

 

Olimpiya kanalining anonsi Olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2015-yil dekabrida berilgan edi. Ushbu loyihaga 600 million dollar investitsiya yo‘naltirilishi, o‘n yil davomida kanal bu mablag‘ni oqlab berishi aytilmoqda. Uning ishga tushirilishi 2015-yil dekabrida qo‘mita sessiyasida tasdiqlangan Agenda-2020 olimpiya harakati rivojining muhim tarkibiy qismidir.

Butunjahon Olimpiya telekanali har bir mamlakatda o‘z bo‘limlariga ega bo‘ladi.

Яндекс.Метрика