Buxoro viloyati huquqni muhofaza qilish organlari Foshun aholi punktidagi ikki karra qotillikka aloqador jinoyatchini qidirmoqda. Bu haqda “Vostochniy ekspress” xabar beradi.
Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, er-xotin R.Hamroyev va N.Safarova jinoyatchilarning qurboniga aylangan.
Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, qotillik 1-dekabrdan 2-dekabrga o‘tar kechasi sodir etilgan. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “Og‘irlashtiruvchi holatlarda qasddan odam o‘ldirish” bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ma’lumotlar tergov manfaatlari yuzasidan oshkor etilmadi.