"Liverpul” klubining sobiq bosh murabbiyi Brendan Rojers agar Joze Mourino iste'foga chiqarilsa, "Chelsi”ni vaqtinchalik boshqarishi mumkin. Bu haqda Belfast Telegraph nashri xabar tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, Mourino ilk bor ”Chelsi”ga kelgan vaqtlarida Rojers londonliklarning o'smirlari va yoshlari bilan ishlagan.
Aytish joizki, yaqindagina Rojers 3 yillik faoliyatdan keyin "Liverpul” bosh murabbiyligi lavozimidan ozod etilgandi.