Chexiya mamlakatda Rossiya razvedkasi faol ishlayotganini aytdi. Bu haqda Chexiya axborot va xavfsizlik xizmati yillik hisobotiga tayangan holda Deutsche Welle nashri habar bergan.
Ta'kidlanishicha, Chexiyada Rossiya razvedkasi zobitlari juda ko'p, ular mamlakatning energetik kompleksi va ilmiy-texnik sektori haqida axborot to'plab boradi.
Hisobot mualliflarining fikricha, Chexiya va ЕIning boshqa davlatlaridagi rusparastlar propagandasi nafaqat ushbu mintaqa birligiga va NATOga qarshi qaratilgan. Rossiya 1919 yili tashkil etilgan Kominternni qaytadan jonlantirmoqchi.