Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an O'zbekistonga tashrifi davomida Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildi.Turkiya prezidenti Imom al-Buxoriy va Imom Moturidiy majmualarida bo'lgan.
U shuningdek, shahardagi Registon maydoniga borib, Ulug'bek, Sherdor va Tilla-qori madrasalarini tomosha qilgan.Shundan so'ng, Rajab Toyib Erdo'g'a Go'ri-Amir maqbarasini ziyorat qilgan.Shu tariqa, Turkiya rahbarining O'zbekistondagi tashrifi nihoyasiga yetgan.