Farg‘ona vodiysida quyosh kollektorlari va fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda
09.09.2015 1341
"Eko-energiya” ITM mutaxassislari tomonidan 7-sentabrdan 11-sentabrga
qadar Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari)da
quyosh panellari va kollektorlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib
boriladi. Bu haqda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot
xizmati xabar bermoqda.
Bu 2015-yilda Atrof-muhitni muhofaza qilish,
tabiiy va biologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash
bo‘yicha hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladi.
FESlar va kollektorlarni ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarda:
Andijonda maktab ta’lim muassasasida; Namanganda viloyat tabiatni
muhofaza qilish qo‘mitasida; "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat
dasturini amalga oshirish maqsadida Farg‘ona viloyatida qariyalar uyi va
internatda o‘rnatish rejalashtirilgan.