Besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Gennadiy Golovkinga qarshi bo'ladigan ehtimoliy jang yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bayon etdi.
"Boks davom etishi, yashashi kerak. Golovkin hali qanday yuqori marralarga erishishini bilmayman. Unga faqat eng yaxshisini tilayman. Men o'z jamoam haqida o'ylashda davom etaman. Xamma ham shunday qiladi.
Men uni shaxsan bilmayman, u haqida hech qanday yomon fikr bildira olmayman. Agar kareram davomida 160 funt yig'ganimda u bilan boks tushishim mumkin bo'lar edi. Men unda hech qanday yomonlik ko'rmayapman. U o'zi bilan boksga tushishni istagan yigitlar bilan qo'lidan kelganicha boks tushyapti.
Men boks ortidan yuzlab million dollar ishlab oldim. Buning ustiga El Xeymon bilan mustahkam aloqalarimiz bois u bilan ishlyapmiz. Menimcha, men va El bilan dunyodagi uch nafar bokschi ishlamasa kerak: Kotto, Pakyao va Kanelo. Ular bilan o'z vaqtida ringda ko'rishganmiz. Ammo ayni damda boks bu — san'at. Agar sen biznesda bo'lishni istasang, unda biz orqali o'tishinga to'g'ri keladi. Bu nafaqat El Xeymon va PBC, hatto TMT ham bir ekanligini anglatadi”, — deb o'tgan Meyvezer.