У нас есть только
оригинальные песни

Forbes: Dunyodagi eng yosh milliarder

calendar 08.03.2015
7032


Quyida eng yosh milliarderlar reytingi keltirilgan bo'lib, u eng yosh milliarderdan boshlab tuzilgan. Bu reytingdagi eng katta yoshli milliarderning yoshi 40 dan oshmagan bo'lishi kerak. Reytingda 1-o'rinni Snapchat messenjerining rahbari Evan Shpigel egallagan. 24 yoshli Shpigelning shaxsiy mablag'i hozirda 1,5 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. E'tiborlisi, 2-o'rinni Snapchat’ning uchinchi asoschisi Bobbi Myorfi egallagan, u 26 yoshida 1,5 mlrd ishlab topgan. 3-o'rinni nyu-yorklik dijey va Braziliyaning Amazonas shtati rahbarining o'g'li Xulio Mario Santo Domingo-uchinchi egallagan. Hozirda 29 yoshda bo'lgan Xulio 2,2 mlrd dollarga ega. Bu reytingda 4-o'rinni egallagan Facebook’ning rahbari Mark TSukerberg reyting ishtirokchilari ichida eng ko'p mablag'ga ega bo'lib, hozirda 30 yoshda bo'lgan TSukerberg 33,4 mlrd dollarga ega. TSukerberg 2007 yilda Shpigeldan ham yoshroq paytida milliarder nomiga sazovor bo'lgan. 5-o'rinni Facebook’ning 3-raqamli xodimi Dastin Moskovits egallagan. Reytingdan ayollar ichida eng yosh ayol milliarder nomiga Theranos startapining rahbari Elizabet Xolms sazovor bo'lgan. U 31 yoshida 4,5 mlrd dollar mablag'ga ega hamda ushbu reytingdan 8-o'rinni egallagan.Shuningdek, ushbu ro'yxatga Airbnb kompaniyasining asoschilaridan biri, 33 yoshli Brayan Cheski (1,9 mlrd), uning hamkasbi va tengquri Djo Gebbiya (1,9 mlrd), Napster’ning 35 yoshli asoschisi Shon Parker (2,5 mlrd), Minecraft o'yinining 35 yoshli muallifi Markus Persson (1,3 mlrd), Colopl o'yin kompaniyasining rahbari 37 yoshli Naruatsu Baba (1,6 mlrd), Uber’ning 38 yoshli rahbari Trevis Kalanik (5,2 mlrd), Square’ning 38 yoshli rahbari Jek Dorsi (2,7 mlrd), WhatsApp’ning 39 yoshli rahbari Yan Koum (6,6 mlrd) va Mixi’ning 39 yoshli asoschisi Kendzi Kasaxara (1,4 mlrd) ham kiritilganlar.
Яндекс.Метрика