Avtomobillar uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi GM Powertrain Uzbekistan (GMPT) aktsionerlik kengashi Jennifer Bigelouni kompaniyaning yangi bosh direktori etib tayinlashdi.
Kengash qaroriga ko'ra, Jennifer Bigelou 2015 yilning 1 dekabridan boshlab kompaniya bosh direktori sifatida ish boshlaydi.
Uning direktorlik muddati 1 yil bo'lishi ko'zda tutilgan. Bigelou xonim 2014 yilning martidan buyon shu lavozimda faoliyat ko'rsatgan Gayst Robert Valterni almashtirgan.
GM Powertrain Uzbekistan AJning 52 foiz aktsiyalariga General Motors, 48 foizlik qismiga esa "Uzavtosanoat" AK egalik qiladi.
Korxona yiliga avtomobillar uchun 225 mingta dvigatel ishlab chiqarish quvvatiga ega.