O'tgan haftada Hitoyda ma`lumotlari paydo bo'lgan yangi buklama smartfon -Samsung Galaxy Folder 2 surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo'ldi. Bu haqda Sammobile habar bergan.
SM-W2017 surati dastlab Weibo mikrobloglar hizmatida tarqalgan.
Sammobile ma`lumotiga ko'ra, yangi smartfon displeyi - 4,2 dyuym (Super AMOLED). Tashqi jihatdan buklama qurilma Galaxy J arzon liniya smartfonlarini eslatadi.
Galaxy Folder 2 to'rt yadroli Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 64 Gb ichki va 4 Gb tezkor hotira, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega.
Qurilma Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.
Smartfonning rasmiy narhi e`lon qilinganicha yo'q, ammo uning 300 dollar atrofida sotuvga chiqishi kutilmoqda.