У нас есть только
оригинальные песни

Internetdagi birinchi veb-sayt 25 yoshga to‘ldi

calendar 23.12.2015
1240

CERN (Yadro tadqiqotlari bo‘yicha Yevropa kengashi) uchun Tim Berners-Li tomonidan ishlab chiqilgan internetdagi birinchi veb-sayt 25 yoshga to‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.

20-dekabrda dastlab ommaviy bo‘lmagan, biroq internet-kommunikatsiya va global tarmoqlarning keyingi rivoji uchun asos bo‘lgan birinchi veb-sahifa ishga tushgan edi.

Uni ishlab chiqarish g‘oyasi endilikda global tarmoqning “otasi” hisoblanuvchi Tim Berners-Liga tegishli bo‘lib, u veb-sahifa uchun HTML tilini ham ishlab chiqargan. U, shuningdek, hozirgi kunga qadar istalgan veb-brauzer ma’lum bir internet manzilga o‘tish uchun foydalanuvchi URL identifikatori va HTTP protokolini ham yaratgan.

Berners-Li o‘z faoliyatini davom ettirib, WorldWideWeb nomli birinchi veb-brauzerini, shuningdek, server uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqdi. Bularni yaratishda u Stiv Jobsning kompaniyasi tomonidan chiqarilgan NeXT kompyuterida ishlagan.

 

Bernars-Lining birinchi veb-saytdagi sahifasi info.cern.ch manzili bo‘yicha joylashgan (u hamon amal qilmoqda).

Bugungi kunda Berners-Li internetdagi erkinlik uchun faol kurashmoqda.

 

Яндекс.Метрика