Iroqda vabo avj olmoqda
04.10.2015 1691
Iroqda vabo epidemiyasi avj olmoqda. Xastalangan soni ming kishiga yaqinlashmoqda.
Aytilishicha,
besh kun ichida xastalar soni 300 kishiga oshib, 827 kishini tashkil
qilgan. Xastalarning aksariyat qismi Bag'dod shahri va Bobil viloyatida
ro'yxatga olingan.
Oxirgi 48 soat ichida shifoxonalarga 50 kishi yotqizilgan.
Sog'liqni saqlash va atrof muhit vaziri Adila Hamud kasallik suvning ifloslanishi tufayli kelib chiqqanini ta'kidladi.