Kuba rahbari Raul Kastro 15 yildan buyon birinchi marta Nyu-Yorkda tashrif buyurdi. Marti Noticias nashrining yozishicha, u BMT Bosh assambleyasida ishtirok etadi.
Kuba rahbarlarining AQShga oxirgi rasmiy
tashrifi 2000 yilda amalga oshirilgan edi. O'shanda Bosh assambleyada
ishtirok etish uchun mamlakatga orolning o'sha paytdagi rahbari Fidel
Kastro kelgan edi.
Raul umrida ikkinchi marta AQShga kelishi. U faqatgina 1959 yilda akasi bilan Texasda bo'lgan edi.