У нас есть только
оригинальные песни

KXDRda MERS, Ebola va OITSga qarshi dori “topishdi”

calendar 20.06.2015
3935

KXDR Markaziy telegraf agentligi (KMTA) Shimoliy Koreyaning "Kimdan-2” dorisi Ebola bezgagi, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi va OITSdan qutqarishi haqida xabar berdi. Ma’lumot KMTA saytida keltiriladi. Foto: Getty Images Foto: Getty Images "SARS (atipik zotiljam), Ebola va MERS kabi halokatli virusli infeksiyalar immun tizimiga aloqador, va shu tufayli ularni immunitetni tiklovchi ‘Kimdan-2’ bilan osongina davolash mumkin”, — deyiladi agentlik saytida. Ta’kidlanishicha, tibbiy dori vositasi jenshen va noyob mikroelementlardan tarkib topgan. Associated Press eslatishicha, 2006 va 2013-yillarda parranda grippi avj olganida ham Shimoliy Koreya ushbu dorini reklama qilgan edi.
Яндекс.Метрика