3 noyabrga o'tra
kechasi Avstraliyaning Melburn shahridagi hayvonot bog'iga kirgan
yovvoyi tulki 14ta kichik pingvinni bo'g'ib o'ldirdi. Bu haqda muassasa
rahbariyati ma'lum qildi.
"Biz tirik qolgan 15 pingvinni xavfsiz joyga ko'chirdik, - dedi hayvonot bog'i ishchisi Xenke. – Hodisadan juda tashvishga tushdik.
O'tgan haftada xodimlarda hayvonot bog'iga tulki kirishi mumkinligidan shubhalanishgan edi. Biroq na qo'yib chiqilgan qopqonlar va na videokuzatuv kameralari yordam berdi. Hayvonot bog'i maydoni 22 gektarni tashkil etadi. Kunduz kunlari tulkilar qalin butalar orasiga yashirinishadi.
Yovvoyi tulkilar Melburn atrofidagi shaharlarga tez-tez kelib tursa-da, hayvonot bog'ida juda kam ko'zga tashlanadi”.
Kichik
pingvinlar tanasining uzunligi 30 santimetr, vazni esa 1-1,5
kilogrammni tashkil etadi. Mazkur qushlar Avstraliya, Yangi
Zellandiyaning janubiy qirg'oqlari va bir qator orollarda yashaydi.