"Hozircha o‘ylab turibman. Biroq Messi, agar xohlasam, 10-raqamli
libos meniki bo‘lishi mumkinligini aytdi”, — dedi Turan. Ayni vaqtda,
turkiyalik futbolchining qo‘shimcha qilishicha, libosdagi raqam uning
uchun hech qanday ahamiyatga ega emas. "Turkiya terma jamoasiga
chaqirilganimda, 14-raqamli futbolkani tanlaganman, chunki otam
gollandiyalik Yoxan Kroyfning ashaddiy ishqibozi edi”, — dedi Turan.
28 yoshli Turanning "Atletiko Madrid”dan "Barselona”ga o‘tishi haqida
iyul oyi boshida e’lon qilingandi. Mazkur transfer kataloniyaliklarga
34 million yevroga tushdi. E’tiborli tomoni, yarim himoyachi Kataloniya
klubiga FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiq sabab, 2016-yil yanvariga qadar
"Barselona” safida maydonga tusha olmaydi.
Messining bu kutilmagan taklifi uning "Barselona”ni tark etishi
mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yana jonlantirib yubordi. Avvalroq
hujumchi Ispaniya soliq organlarining ta’qibi sabab, "Barselona”ni tark
etishi mumkinligiga bir necha bor ishora qilgandi.