2016 yilda Moskvadan Tehronga sayyohlik poezdi yo'lga qo'yilishi rejalashtirilmoqda.
The Financial Times nashri ma'lumotiga ko'ra, 9675 km masofani tashkil qiladigan bu yo'nalishning bir qismi O'zbekiston hududidan o'tadi.
Bu loyihani amalga oshirish bo'yicha Golden Eagle kompaniyasi ish olib bormoqda.
"Buyuk Ipak yo'li" o'tgan yo'llar bo'ylab o'tadigan bunday poezdda sayyohlar 13595 evro sarflab, 14 kun davomida Qozog'iston, O'zbekiston va Turkmaniston hududlarida bo'lishlari mumkin. Bu sayohat tarkibiga Moskvadagi mehmonxonada bir kun, Tehrondagi mehmonxonada 2 kun tunash ham kiradi", deyiladi xabarda.