У нас есть только
оригинальные песни

NASA 2016 yil uchun Oyning barcha fazalarining 4K-tasvirlarini internetga joylashtirdi

calendar 13.12.2015
1970

NASA 2016 yil davomida Oyning Еrdan kuzatilgandagi tebranishlari va fazalarini namoyish qiluvchi 4K ko'rsatish qobiliyatidagi video va kompyuter dasturini taqdim qildi. Bu haqda agentlik saytida ma'lum qilindi.

Videoda Oyning, jumladan Еr atrofida elliptik orbita bo'yicha aylanishi sababli tebranishlarini ko'rish mumkin. Bu biz Oy sirtining faqatgina 60 foizini ko'rishimiz mumkinligi haqidagi fikrga olib keladi.

Oy Еr atrofida bir soat aylanishi videodagi bir kadrga to'g'ri keladi. Yuqori tasvir sifati evaziga videoda kraterlar va harakatlanayotgan terminator (yorug'lik va soyani ajratuvchi chiziq) yaqqol ko'rinib turibdi.

Kompyuter dasturi Oyning 2016 yilning istalgan sanasidagi ko'rinishini Еrning janubiy yarimsharida bo'lgan kuzatuvchi sifatida ko'rish imkonini beradi. Buning uchun dasturdagi mos maydonga kerakli ma'lumotni kiritish etarli bo'ladi.

Ushbu innovatsion dastur evaziga Oyning ko'rinuvchi diametrini real vaqtda va Еrdan ungacha bo'lgan masofani ko'rish mumkin, olingan yuqori sifatli tasvirlarni esa bevosita saytdan yuklash mumkin.

NASA bu dasturni 2009 yildan beri orbitada bo'lgan LRO (Lunar Reconnaissance Orbiter) oy yo'ldoshi orqali olingan ma'lumotlar yordamida yaratdi. Bu qurilma Oygacha bo'lgan masofani o'lchashga imkon beruvchi lazerli balandlik o'lchagich va uning sirtidan yuqori sifatli tasvirlar olishga imkon beruvchi kamera bilan jihozlangan.

Яндекс.Метрика