У нас есть только
оригинальные песни

Nursulton Nazarboev keksa amaldorlarga: barchani 25 yil ushlab turdik, endi ketish vaqti keldi

calendar 19.11.2015
2066

Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboev “Qozog'iston Respublikasida davlat xizmati to'g'risidagi” qonunga taqiqlov qo'ydi, deb xabar bermoqda “Novosti-Kazaxstan” axborot agentligi.  

“Bugun men davlat xizmati to'g'risidagi qonunga taqiqlov qo'ydim va uni parlamentga ko'rib chiqish uchun qaytaraman va mening o'zgartirishlarimni ko'rib chiqishni so'rayman. Davlat xizmatchilarining pensiya yoshiga etishi bilan pensiyaga chiqishlari bo'yicha aniq pozitsiyani belgilash kerak. Еtar, hammani 25 yil ushlab turdik, ketish kerakligini aytdik. Barchaning pensiyaga ketishi bo'yicha aniq muddat bor. Sovet paytida 2-3 yilda qo'yib yuborishsa, hamma xursand bo'lib ketardi. Hozir esa hech kim ketishni istamaydi”, deb aytdi Nursulton Nazarboev hukumatning kengaytirilgan yig'ilishida.   

“Pensiyaga ketish bo'yicha aniq muddat bor va Qozog'istonda qancha odam pensiyadan keyin ishlayotganini bilaman. Bu siyosiy davlat xizmatchilariga ham tegishli bo'lishi kerak. Yagona istisno shu bo'lishi mumkinki, biz qonunda prezident tomonidan tayinlanadigan siyosiy xizmatchilar lavozimlari uchun prezident o'z istagiga ko'ra pensiyaga chiqish muddatini 1 yildan 5 yilgacha uzaytirishi mumkinligini ko'zda tutishni so'ramoqdamiz. Balki uzaytirmasligi ham mumkin”, deb qo'shimcha qildi Nazarboev.

“Qozog'iston Respublikasida davlat xizmati to'g'risidagi” qonun 22 oktyabrda parlament tomonidan qabul qilindi. Qonunning asosiy maqsadi davlat xizmatiga ishga kirish, uni o'tish va tugatish bo'yicha ijtimoiy aloqalarni tartibga solishdan iborat. Qonun davlat xizmati tamoyillari, Qozog'iston davlat xizmatchilarining huquqiy holati va mavqei, davlat xizmatiga kirish shartlari va uni o'tish tartibini belgilaydi.

Яндекс.Метрика