У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekiston avtobus ishlab chiqaruvchi etakchi davlatga aylanadi

calendar 02.12.2015
2015

Yaqin yillarda O'zbekiston avtosanoati avtobus ishlab chiqarish bo'yicha etakchilardan biriga aylanadi, deb yozmoqda 12news.uz nashri.

Hozirda O'zbekiston poytaxtida MAN Lion’s CNG avtobusi sinov sifatida yo'lovchilar xizmatiga qo'yilgan. Mazkur avtoulov Bus Euro Test tomonidan o'tkaziladigan «Yil avtobusi-2015» tanlovi g'olibligi uchun da'vogarlik qilmoqda.

Past polli shassisi va zamonaviy texnologiyalar asosida o'rnatilgan CNG (siqilgan gaz) tizimi dizel va benzin yoqilg'isi bilan harakatlanuvchi muqobillar bilan solishtirganda 40 foizga samaraliroq bo'ladi. JV MAN Auto – Uzbekistan mutaxassislari kelgusi yildan boshlab shu turdagi avtobuslarni yig'ishni boshlaydi. Hozircha birinchi partiyada 50 dona avtobuslar foydalanishga topshiriladi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning iyul oyida Samarqand avtomobil zavodida siqilgan tabiiy gaz (CNG) bilan harakatlanuvchi Еvro-4 ekologik standartiga mos keluvchi avtobuslar tadqimoti bo'lib o'tgandi.

Яндекс.Метрика