2018 yilning 10 sentabridan mobil va simli aloqa tizimlariga 9 xonali raqamlash tartibi kiritiladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, dushanba kunidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangicha raqamlash tartibi joriy etiladi.
1 oktabr kunidan boshlab shu hududlarda faqat 9 raqamli telefon raqamlari ishlaydi.
Endi shaharlararo aloqa uchun 8 (0) orqali chiqish endi tarixda qolmoqda, butun O'zbekiston hududi yagona tarifikatsiya va nomer tizimiga aylanmoqda.
O'zbekistonning boshqa hududlarida bu tizim grafik bo'yicha bosqichma-bosqich joriy etib boriladi. Vazirlik ma`lumotiga ko'ra, ushbu jarayon 2018 yil oxirigacha yakunlanadi.
9 xonali raqam terish tartibi
1. 9 xonali raqam terish:
«UMS» MChJ abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 97, 92 operator kodi)
«Unitel» MChJ (Beeline) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 90, 91 operator kodi)
«Coscom» MChJ (Ucell) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 93, 94 operator kodi)
UzMobile abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 95, 99 operator kodi)
«RWC» MChJ (Perfectum) abonentlari raqamlarini terish – BC XXXXXXX (bunda BC – 98 operator kodi)
«O'zbektelekom» AK simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC –70, 71, 72, 73, 74, 75, 79, 61, 62, 65, 66, 67, 69 geografik kodi)
Alternativ simli aloqa abonentlari raqamlarini terish - BC XXXXXXX (bunda BC – 78 operator kodi)
Masalan, ilgari 0 597 100-00-00 terilgan bo'lsa, endilikda 97-100-00-00 teriladi.
2. Quyidagi shaharlararo raqam terish tartibi bekor qilinadi:
0 ABC XXXXXXX (bunda ABC – geografik kod yoki operator kodi)
Masalan, 0 371 123-45-67
3. Xalqaro raqam terish tartibi qoladi:
O'zR raqamini terish - 00 998 BC XXXXXXX / +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)
4. «O'zbektelekom» AKning simli tarmoqlari 9 xonali raqam terish tartibiga to'laligicha o'tkunga qadar 7 xonali abonent raqamlarini terish tartibi saqlanib qoladi
Toshkent shahar va Toshkent viloyati 30 sentabrga qadar to'liq o'tadi, qolgan hududlar bosqichma-bosqich o'tkaziladi.
5. Turli xil pereadresatsiyalarni o'rnatish:
xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)
9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – geografik kod yoki operator kodi)
6. SMS yuborish tartibi:
xalqaro fotmatda +998 BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)
9 xonali formatda BC XXXXXXX (bunda BC – operator kodi)