MediaPark – katta assortimentdagi maishiy texnika va elektronika taklif qilingan O'zbekistondagi birinchi savdo tarmog'i.
2015 yilning 12 iyulida Toshkent shahrida Mediapark
savdo tarmog'i ochildi. Bu qishda issiq, yozda salqin bo'ladigan 3000
dan 7000 kv metrgacha savdo maydoniga ega usti yopiq hududdan iborat
savdo markazidir. Qayd etish joizki, ushbu savdo markazining ochilishi
Kamoliddin O'rinboev boshchiligidagi Yoshlar simfonik orkestri hamda
o'zbek estrada yulduzlari ishtirokida haqiqiy bayramona tarzda o'tdi.
Savdo
markazi xalqaro standartlarga muvofiq qurilgan bo'lib, unda
xaridorlarga barcha qulayliklar yaratilgan hamda bu erda ularga
maslahatchi-sotuvchilar xizmat ko'rsatadilar.
Biror
texnika tanlayotganda doimo ko'pgina savollar, gumonlar paydo bo'ladi
va ko'pincha biror modelni tanlash murakkablik tug'diradi. Mediapark
maslahatchilari jamoasi mijozlar bilan ishlash bo'yicha treninglar
ko'rinishidagi maxsus tayyorgarlikdan o'tganlar. Xizmat ko'rsatish
darajasi mijozlarga xizmat ko'rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Mediapark markazining barcha sotuvchilari Sizga zarur texnikani
tanlashda bajonidil yordam ko'rsatishadi, mahsulotning texnik
xarakteristikalari haqida batafsil ma'lumot berishadi va sizni
qiziqtirayotgan savollarga bekamu-ko'st javob berishadi.
Yangi
savdo markazining ochilishi o'ziga katta sondagi odamlarning e'tiborini
tortdi. Markazga tashrif buyurgan ilk tashrif buyuruvchilarning
aytishlaricha, Toshkenti azimda katta tanlovdagi maishiy texnikaga ega
shunday zamonaviy gipermarketning ochilishi faxr va quvonch hissini
uyg'otadi.
Xasan Ubaydullaev, Mediapark’ga tashrif buyurganlardan biri:
«O'zbekiston – bu katta sayyohlik imkoniyatlariga ega davlat. Xorijiy
sayyoh ushbu savdo markazida o'zini juda qulay va shinam sezadi.
Albatta, bu nafaqat sayyohlarga, balki butun O'zbekiston aholisiga
tegishli. Issiq yoki sovuq kunda biror narsa xarid qilish istagi
yo'qoladi. MediaPark’da esa xaridni amalga oshirish uchun, mo''tadil
harorat va yumshoq kursilarga ega dam olish hududigacha barcha
qulayliklar yaratilgan. Mediapark ning yana bir afzalliklaridan biri
uning o'zining servis-markaziga egaligi, kafolatli xizmat ko'rsatish,
dasturiy ta'minotni o'rnatish va sozlab berish hisoblanadi.
Servis-markazida yagona aloqa markazi joylashgan. Gipermarket menda
iste'molchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan degan taassurot
qoldirdi”..
Dinora Usmonova, Mediapark maslahatchisi-sotuvchi:
"MediaPark assortimentida 5 mingdan ko'proq turdagi xorijiy va mahalliy
maishiy texnika brendlari taklif qilingan. Sifatli xizmat ko'rsatish
uchun biz maxsus o'qitish kursidan o'tdik. Biz uchun tashkil etilgan
treninglar ishimizning zaruriy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Bunday
o'qitish o'z ishingizga o'zgacha nuqtai nazar bilan qarashga va
malakangiz darajasini oshirishga imkon beradi.
Bugunda savdo
sohasidagi talablar borgan sari oshib bormoqda va yangi standartlarga
mos kelish uchun muntazam bilim olish va tajriba orttirish zarur
bo'ladi. Bizning asosiy vazifamiz mijozlarga mahsulotlarning texnik
ko'rsatkichlari haqida ma'lumot berish, ular bilan til topishish va
ularga yuqori darajadagi xizmat ko'rsatishdan iborat. Biz Mediapark
mijozlari uchun maksimal darajada yordamimiz tegishi uchun qo'limizdan
kelgan barcha ishni qilishga tayyormiz”.
Mediapark Philips, Samsung, LG, Kenwood, Indesit, Tefal, Braun, Artel kabi etakchi elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning rasmiy hamkori hisoblanadi va savdo sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiq ish olib boradi.
Loyihaning strategiyasi mijozlarga
yuqori darajadagi xizmat ko'rsatishga asoslangan bo'lib, u nafaqat keng
assortiment va hamyonbop narxlarni, balki malakali maslahatchilarning
yordamini ham nazarda tutadi.
Yaqin kelajakda loyiha O'zbekistonning
barcha viloyatlarida elektronika va maishiy texnika sotish bo'yicha
chakana do'konlar tarmog'i sifatida rivojlantiriladi.