У нас есть только
оригинальные песни

O'zbekistonda turmush kechirishning eng past qiymati hisoblab chiqiladi

calendar 29.01.2017
2201

2017 yil oxirigacha O'zbekistonda «Davlat minimal ijtimoiy standartlari to'g'risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi, deb xabar qiladi Uzbekistan Today nashri. 

Qayd etilishicha, ushbu qonun qabul qilinishi bilan aholi ehtiyoji va barcha ijtimoiy to'lovlar hajmini qayta hisoblab chiqish imkoni paydo bo'ladi. Qonunda asosiy e`tibor insonning ta`lim, tibbiy va turarjoy uchun sarf-xarajatlariga qaratiladi. 

Ushbu normativ hujjat O'zbekistonda ilk marotaba qabul qilinadi. Qonun loyihasini ishlab chiqaruvchilar guruhiga moliya, iqtisodiyot, mehnat, oliy va o'rta maxsus ta`lim va sog'liqni saqlash vazirliklari mutaxassislari kiradi. 

Яндекс.Метрика