O'zMTRK tarkibida yangi tashkil etilayotgan "Mahalla”
teleradiokanali o'z teleko'rsatuv va radioeshittirishlarini 7 yanvardan
boshlab efirga uzatadi. Bu haqda O'zMTRKning "Sado ilova” nashrida
ma'lumot berilgan.
Avvalroq, O'zbekiston Prezidentining 2014 yil 17 dekabrdagi "Mahalla”
ma'rifiy teleradiokanalini tashkil etish va raqamli teleuzatishlarni
yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq,
O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yangi, raqamli
"Mahalla” teleradiokanali ishga tushirilayotgani haqida xabar berilgan
edi.
Teleradiokanal dasturlarida asosiy e'tibor respublika aholisi, ayniqsa,
yoshlarni demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda
noyob milliy tuzilma sifatida mahalla institutining roli va ahamiyati
to'g'risida keng xabardor etishga qaratiladi.Shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va oilalarda sog'lom
ma'naviy-axloqiy muhitni yaratish bo'yicha namunaviy mahallalarning
ilg'or ish tajribasini ommalashtirish, aholi bandligini hal etish,
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish,
mahallalarning davlat boshqaruvi organlari va jamoatchilik tuzilmalari
bilan ijtimoiy sherikchiligini kengaytirish bilan bog'liq masalalarni
hal etishda mahallalar faoliyatini keng yoritish mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, Prezident qarorida "Mash'al” radiokanalini mavjud
xodimlari va xarajatlar smetasini saqlab qolgan holda, "Sport”
teleradiokanali tarkibidan "Mahalla” kanaliga tarkibiga o'tkazish
belgilab qo'yilgan.