“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlangan “O‘zbek milliy kiyimlari” turkumidagi pochta markalari muomalaga chiqarildi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.
Turkum pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan bo‘lib, blok 4 ta pochta markasidan iborat. Ularda Toshkent shahrining milliy kiyimlari, jumladan, kelin-kuyov, yosh ayol va to‘y bola liboslari tasvirlangan.
Bir necha rangda ishlangan pochta markalari 8 ming nusxada tayyorlandi.