У нас есть только
оригинальные песни

O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Ummon o‘rtasidagi Ashxobod bitimi kuchga kirdi

calendar 23.04.2016
1263

23-aprel, shanba kuni 2011-yil 25-aprelda imzolangan Eron Islom Respublikasi, Ummon sultonligi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi hukumatlari o‘rtasidagi xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi bitim (Ashxobod bitimi) kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari, Fors ko‘rfazi hamda Ummon dengizi portlari o‘rtasida tovarlarni uzluksiz tashish va tranzit uchun ishonchli transport yo‘lagini yaratishga yo‘naltirilgan.

Bitim transport xarajatlarini optimallashtirish maqsadida yuklarni tashish tezligini oshirish, shuningdek, rasmiy hujjatlar va tartib-qoidalarni osonlashtirish va uyg‘unlashtirishga imkon yaratadi.

Яндекс.Метрика