O‘zbekistonda Skype bilan bog‘liq muammolar sentabrgacha hal etiladi
10.08.2015 1373
Internet xizmatlar, jumladan Skype, Viber, Telegram va boshqa ommabop messenjerlar ishi sifatining yomonlashuvi 31-avgustgacha kuzatilishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, bu "O‘zbektelekom” sheriklari tarmoqlaridagi profilaktika ishlari bilan bog‘liq. "O‘zbekiston internet foydalanuvchilari iyul oxiridan buyon Skype orqali qo‘ng‘iroqlashuvlarda yuzaga kelayotgan muammolardan nolimoqda. Messenjerlar orqali matnli xabarlar yuborish funksiyasi yaxshi ishlayapti. Bungacha ishlar 8-avgustgacha tugallanishi kutilgan edi”, — deyiladi xabarda. Nashr ta’kidlashicha, O‘zbekiston telekommunikatsiyalari milliy operatori bo‘lmish "O‘zbektelekom” o‘zining paketli kommutatsiyalar xalqaro markazi orqali mamlakatdagi barcha provayderlarni internet bilan ta’minlaydi.