Hozirgi
kunga kelib yurtimizda ta’lim tizimida juda katta ishlar amalga oshirilgani
hech birimizga sir emas albatta. Ammo internetdagi onlayn ta’lim tizimiga
faqatGINA bir guruh insonlar o’z hissalarini qo’shib, O’zbekistonda hali
tashkil etilmagan onlayn maktabni birgalikda tashkil etishdi. Buning ustiga
bepul…(Menga ham eng yoqadigan jihati shu:-)) Shuningdek eng zo’r qulayligi
dunyoning istalgan nuqtasidan turib ushbu maktabning a’zosiga aylanib
o’zingizning bilim va ko’nikmalaringizni oshirishingiz mumkin. Albatta internet
yordamida…Shu bilan birgalikda ushubu maktab xalqaro standartlarga asoslangan
va jahon talablariga hech qanday muammosiz javob beradi. Bu REKLAMA emas, balki
shaxsan o’zim shu maktabing eng tartibSIZ VA ko’p gapirishni xush ko’ruvchi
a’zolaridanman)) Ushbu maqola maktab REKLAMAsi uchun emas balki yoshlarning
bilim salohiyatini yanada oshirish uchun hissa qo’shishga biroz bo’lsa-da
yordam berishni o’z burchim deb bilganim uchun yozishni niyat qildim(ishqilib baland parvoz bo’lib
ketmayaptimi)).? ),
Xullas shaxsiy fikrlarim orqali imkon qadar qisqa va soddagina ta’riflar bilan cheklandim…
Quyida
ushbu onlayn maktabimiz haqida aniq va to’liq ma’lumot bilan aynan shu maktab ma’muriyati
Rahbarxon Yo’ldosheva tanishtirib o’tadilar…
Maktabimiz haqida
qisqa ma’lumotni pastda yozib o’taman. Batafsil ma’lumot esa saharschool.org vebsaytimiz orqali
tanishib o’ting.
"Sahar”
ijtimoiy tadbirkorlik maktabi masofaviy ta’lim zamini bo’lib, ishtirokchilarga
yuqori darajadagi va zamonga xos bo’lgan o’zbek tilidagi o’quv resurslarini
taqdim etadi. "Sahar” maktabining asosiy maqsadi yosh va ishtiyoqli
yetakchilarga ijtimoiy tadbirkorlik sirlari va boshqaruv tajribalarini
o’rgatishdan iborat. Maktab tomonidan taqdim etilayotgan kurslar xalqaro
standartlar asosida yaratilgan, lekin O’zbekiston sharoitiga moslangan va
O’zbekistonda erishilgan ilg’or tajribalar misollari bilan boyitilgan.
Onlayn kursda
ham yuzma-yuz o‘tiladigan kurslardagi kabi o‘qituvchi yoki olib boruvchi,
ishtirokchilar hamda uy vazifasi bo‘ladi. Ammo u sinfda o‘tirib lektsiya
tinglashdan ko‘ra qiziqarliroq. Internetga ulangan holda istalgan joyda
o‘tirib, kurs materiallarini o‘qishingiz yoki uy vazifalarini bajarishingiz
mumkin. Biz kurslarimiz davomida o‘qituvchini - instruktor deb ataymiz.
Kurs instruktori va boshqa ishtirokchilar bilan haftada bir yoki ikki marta
"ko‘rishasiz”, xolos.
Yetakchilik va
Rahbarlik kursi
Bu kurs ijtimoiy
masalalarni tushunadigan hamda mavjud muammolarni bartaraf etish uchun
innovatsion biznes yechimlarni taqdim eta oladigan odamlar uchun mo‘ljallangan.
Biz sizga yangi g‘oya topishingizga va uning ijtimoiy ahamiyatiga e’tibor
qaratishingizga yordam beramiz. Ushbu jarayonda kursimiz sizni kerakli resurs
va bilimlar bilan ta’minlaydi. Siz ishning boshida har bir tadbirkor duch
keladigan savollarga javob berishni o‘rganasiz hamda kursning boshqa
ishtirokchilari bilan o‘z g‘oyalaringiz haqida gaplashish va fikr almashish
imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Kursda ilk loyihangizni rivojlantirish bo‘yicha
mavjud imkoniyatlaringizni oshirishga alohida etibor qaratiladi.
Loyiha tuzish va
Boshqarish kursi
Ushbu kurs
ishtirokchilarda ma’lum bir ijtimoiy tashabbus loyihasini samarali boshqarish
ko’nikmalarini kuchaytirishga qaratilgan bo’lib, kurs qatnashchilari o’qish
davomida loyiha hujjatini yaratish, monitoring qilish, loyiha byudjetini ishlab
chiqish va loyihani samarali yakuniga yetkazish kabi bosqichlardan o’tadilar.
Ushbu kursga nafaqat "Yetakchilik va rahbarlik asoslari” kursini muvafaqqiyatli
tamomlagan ishtirokchilar, shuningdek, ma’lum bir ijtimoiy tashabbus g’oyasiga
va ijtimoiy tadbirkorlik to’g’risida boshlangich bilimga ega bo’lgan
barcha xohlovchilar ariza topshirishlari mumkin.
Yosh ijodkor - Bahodir Xikmatov...