Obama Kievga Rossiya bilan qurolli mojaroga bormaslikni tavsiya qilgani aytildi
22.08.2015 1158
AQSh prezidenti ma'muriyati Ukraina hukumatiga Moskva bilan qurolli mojaroga eltuvchi yo'llarni aylanib o'tishni tavsiya qilgan, deb yozmoqda Bloomberg. Mazkur tavsiya 2014 yil avvalida Qrim referendum natijalariga ko'ra Rossiya tarkibiga kirganidan so'ng Kievga yo'llangan. O'z navbatida, Oq uyning murojaati buyruq emas, balki tavsiyaviy xarakterga ega bo'lgani qayd etilgan. Xabarda keltirilishicha, Еvropa mamlakatlari murojaati ham ayni shu mazmunda bo'lgan.