Olmaota supermarketlarida suv benzindan qimmatroq sotilmoqda
19.10.2015 2004
"Nur.kz” portali foydalanuvchilardan biri jo‘natgan fotosuratni
e’lon qildi. Unda Olmaota shahridagi supermarketlardan birida ichimlik suviga qo‘yilgan narx aks etgan.
Gazsiz mineral suvning 1,5 litri 239 tenge deb ko‘rsatilgan. "Bunday
narxko‘rsatkich bo‘yicha bir litr suv 160 tenge turadi, bu esa bir litr
benzindan 35 tenge qimmatroq demakdir”, — deyiladi xabarda.