Rossiya hech kim bilan urushishni istamayapti, deb aytib o'tdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda "RIA "Novosti” axborot
agentligi xabar berdi.
"Bizning davlatga qarshi urush ketayotgani haqida gapiradigan bo'lsak,
tangriga shukrki, bunday hol yo'q… Biroq bizning rivojlanishimizni turli
yo'llar bilan to'xtatib qo'yishga urinishlar bo'layapti”, deydi Putin.
Putinning so'zlariga ko'ra, hozirda AQSh boshchiligidagi bir qutbli
dunyoni o'rnatishga harakat olib borilmoqda.
"Bunday dunyo tartibi Rossiyani hech qachon qoniqtirmaydi. Agar bu
kimgadir yoqsa, agar kimdir yarim okkupatsiya sharoitlarida yashashni
xohlasa, biz buni qilmaymiz. Biroq biz hech kim bilan urushishni ham
istamayapmiz. Biz barcha bilan hamkorlik qilish tarafdorimiz”, deb
ta'kidlab o'tdi Putin.
Putin, shuningdek, Rossiyaga sanktsiyalar bilan bosim o'tkazish hech
kimga foyda keltirmasligini aytib o'tgan.