Xalqaro olimpiya qo'mitasining Rossiyadagi doping tizimini surishtiruvdan o'tkazish bo'yicha komissiyasi rahbari Samuel Shmid nima uchun uning komissiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bog'lanishga urinmaganini aytib o'tdi.
«Agarda biz u ham aralashgan, degan fikrdan kelib chiqib ish tutganimizda, u bilan gaplashishga harakat qilgan bo'lardik. Hisobotda Putin ro'y berayotgan holat haqida bilgani yoki bilmagani bo'yicha holatni aniqlay olmaganimizga yuz foizlik darajada rioya etganmiz», - deya Shmidning so'zlarini keltiradi Watson.
MOQ Rossiya Olimpiya qo'mitasini diskvalifikatsiya qildi, buning natijasida rossiyaliklar 2018 yilgi O'yinlarda faqat neytral bayroq ostida ishtirok etishlari mumkin.