Qirg'iz Respublikasi prezidenti Almazbek AtambaYev hozircha Moskvaning Markaziy klinik shifohonasida davolanish kursini davom ettirmoqda, deya habar qilgan RIA Novosti agentligi Qirg'izistonning Moskvadagi elchihonasi press-attashesi Gulbarchin Bayimbetovaga asoslangan holda.
Avvalroq, AtambaYev salomatligi yomonlashgani bois, tibbiy ko'rikdan o'tish maqsadida qisqa muddatli ta`tilga chiqqani habar qilingan edi. Shundan so'ng, MKShdan shu haftada javob berilishi va vataniga qaytishi mumkinligi aytilgandi.
"U, bugun hech qayoqqa uchmaydi. U Moskvada", — degan Bayimbetova. Uning so'zlariga ko'ra, AtambaYev hozircha MKShda qolmoqda.
"Kecha bemorga javob berish bo'yicha barcha hujjatlarni tayyorlashayotganini aytishgan edi. Ular juma kuni javob beramiz, deyishgandi, ammo unday qilishmadi", — degan elchihona matbuot kotibi.
Shu bilan birga, elchihona davlat rahbariga shanba kuni javob berilishi mumkinligini aytmoqda. "U Yerda elchining o'zi ishlayapti, balki ulgurishar", — deya tushuntirgan Bayimbetova.