Uning ma'lum qilishicha, marhum bolakay Baxodirjon Olimovning ota-onasi u yo'qolib qolgani haqida militsiyaga murojaat qilishgach, jinoiy ish ochilgan va tezkor qidiruv harakatlari boshlangan.
"Bolakayning jasadi qo'shnilardan birining makkapoyasidan topildi. Uning qo'l va oyoqlari skotch bilan bog'langan edi. Bu esa bolakayning zo'ravonlik bilan o'ldirilganini isbotlaydi", deyiladi IIV xabarida.
Qotillikni sodir etganlikda asosiy gumondor qo'lga olingan va tergov davomida o'z qilmishiga iqror bo'lgan.