Qozog'iston mamlakat hududiga Ukrainada ishlab chiqarilgan sut mahsulotlarini olib kirishga o'rnatilgan cheklovni bekor qildi. Shuningdek, kuchaytirilgan laboratoriya nazorati ham engillashtirildi. Bu haqda Ukraina davlat veterinariya va fotosanitariya xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Qozog'iston qishloq xo'jaligi vazirligi qoshidagi veterinar nazorati qo'mitasi Ukraina idorasining Еvrosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga muvofiq kafolatlari asosida 25 sentyabr kuni Ukraina sut mahsulotlari eksportiga o'rnatilgan cheklovni bekor qildi.
Shu bilan birga, "Laktalis-Nikolaev" (Nikolaev) va "Molochnyy dom" (Pavlograd, Dnepropetrovsk) kompaniyalari mahsulotlariga nisbatan laboratoriya nazorati kuchaytirildi.