Qozog'istonda Orol dengizi qayta tirilmoqda
25.09.2015 3124
Orol fojiasini yumshatish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar natija bermoqda, deb yozadi Novosti-Kazaxstan agentligi.
Sirdaryo
suvlaridan samarali foydalanishning yo'lga qo'yilishi munosabati bilan
Kichik Orol qo'lbola dengizini yaratishga muvaffaq bo'lindi.
"Sirdaryo
daryosi o'zanini boshqarish va Orol dengizining shimoliy qismini saqlab
qolish” loyihasining ijrosi Aralsk shahriga port maqomining
qaytarilishiga olib keldi.
Aytilishicha, fojia yillarida suv
shahardan 150 km uzoqlikka ketgan edi. Bugungi kunda, ta'kidlanishicha,
bu masofa 17 km ga qisqargan. Suvning ko'payishi bilan esa baliq ovi ham
yaxshilangan. Mahalliy baliqchilar kuniga 200 kg dan baliq
ovlayotganlarini ma'lum qilmoqda.
"Orolni 20 yil muqaddam ko'rgan
edim. Bu erda cho'llar edi faqat. Bugun hammasi o'zgaribdi. Ko'p
chiroyli joylar paydo bo'libdi. Bu jahon tarixida birinchi marta
dengizning qutqarib qolinishi”, - dedi frantsiyalik jurnalist Izabel
Maglan, o'z taassurotlarini ifodalar ekan.