У нас есть только
оригинальные песни

Quyoshning yuragi aniqlandi

calendar 04.10.2017
3167

Rossiyaning Lebedev nomidagi fizika instituti xodimlari Quyoshda yurak shaklidagi figyra paydo bo‘lganini qayd etdi. U 3-oktabrga o‘tar kechasi yuz berdi, deb ma’lum qilingan institutning rasmiy saytida.

“To‘lqinlarning bunday hayratlanarli belgisi Quyosh yuzasida joylashgan magnit qutblari tomonidan hosil qilingan. Shaklning tashqi kontur chiziqlari sovuq magnit to‘lqinlari bilan “chizilgan” va to‘qroq rangda tovlanadi, yurakning markazida esa yorqin qaynoq qism joylashgan. Shaklning o‘lchami qariyb million kilometrni tashkil qilgan”,— deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, shaklning markazi Quyoshning aynan Yerga qaragan qismida hosil bo‘lgan.

Bir necha soatdan keyin shakl yo‘qolgan. Bunday “suratlar” Quyosh sathida magnit qutblarining yulduz sathidagi va tubidagi o‘zaro murakkab ta’siri natijasida yuzaga keladi.

Яндекс.Метрика