У нас есть только
оригинальные песни

Rayhon, Munisa Rizayeva, Sarvar va Komil Kanizaning e’tirozlariga munosabat bildirdi

calendar 28.04.2016
3069

Xonanda Kaniza konsertoldi matbuot anjumanida bir necha hamkasblarini undan g‘oya o‘g‘irlaganlikda ayblagandi. Rayhon, Munisa Rizayeva, Sarvar va Komil Kanizaning e’tirozlariga “Hordiq” gazetasi orqali munosabat bildirdi, deya xabar beradi “Darakchi.uz”.

Rayhon:

— Kanizaning qo‘shiqlarini eshitmaganman. Kecha telekanaldan ham qo‘ng‘iroq qilishdi va shu mavzuda ko‘rsatuv tayyorlamoqchi ekanliklarini aytib, intervyu berishimni so‘rashdi. O‘zimga ep ko‘rmaganim uchun rozi bo‘lmadim. “Tabib” qo‘shig‘imning mualliflari Sarvar va Komil faqat birgina so‘z o‘xshash ekanligini ma’lum qilishdi.

Sarvar va Komil (Rayhonning so‘nggi xit taronalari ularga tegishli):

— Rayhonning “Tabib” taronasi ilk bora yangi konsertida yangragan edi. Biz “tabib”, “habib” degan so‘zlarni Kaniza qo‘shiq qilib aytmasidan oldinroq ham bilganmiz va bemalol bu so‘zlardan foydalanganmiz. Ularni Kaniza xususiylashtirib olmagan. O‘zbek tilining bisotidan istagan odam istaganicha foydalanishi mumkin. Kanizaning e’tirozi, ochig‘i, bizning kulgimizni keltirdi. 

Munisa Rizayeva: 

— Kaniza kabi meni ham o‘z yo‘nalishim va didim bor. Bizni solishtirishning o‘zi, bilmadim, qanday bo‘ladi? Umuman olganda, nafaqat Kaniza, balki hech kimga taqlid qilmayman. Ayniqsa, kiyinish borasida! Har bir o‘zbek ayolining ro‘mol o‘rash uslubi bor. Men ham klipimda ro‘molni ayollarimiz o‘raydigan usullardan foydalangan holda o‘raganman. Bundan chiqdi, klipida ro‘mol o‘rab chiqqan har bir xonanda Kanizaga taqlid qilgan bo‘ladimi? “Yonar” nomli qo‘shig‘imga ishlangan klipda haqiqiy o‘zbek kelini obrazini ko‘rsatib berganman va u Kaniza yaratgan obrazdan farq qiladi. 

Яндекс.Метрика