У нас есть только
оригинальные песни

Reklamalarda “mahsulot sertifikatsiyalangan” va “xizmatlar litsenziyalangan” jumlalarini ishlatmaslikka ruxsat berildi

calendar 10.01.2018
867

O‘zbekistonda “mahsulot sertifikatlangan” va “xizmatlar litsenziyalangan” jumlalarini ishlatmaslikka ruxsat berildi. Bu haqda “Reklama joylashtirish tartibi”ga kiritilgan tegishli o‘zgartirishga asoslanib, “Spot.uz” xabar berdi.

Avvalroq, agarda mahsulot majburiy sertifikatlashtirish yoki litsenziyalashdan o‘tgan bo‘lsa, reklamada “mahsulot sertifikatlangan” va “xizmatlar litsenziyalangan” degan jumlalar ham bo‘lishi shart edi.

Shu bilan birga, tegishli hujjatlarsiz bu kabi mahsulotlarni reklama qilish hamon taqiqlangan — reklama qiluvchi reklama beruvchidan o‘z mahsulotining sertifikati va litsenziyasi talab qilishga haqli.

Sertifikat va litsenziyaga ega bo‘lishi kerak bo‘lgan, biroq hujjatlari yo‘q reklama tarqatuvchi EKIHning 5—7 barobari miqdorida jarimaga tortiladi, shuningdek, reklama beruvchi ham savdo qoidalarini buzganlik va litsenziyasiz faoliyat ko‘rsatganligi uchun javobgarlikka tortiladi.

Яндекс.Метрика